OMMAVIY SHARTNOMA-OFFERTA

ta'lim sohasida xizmatlar ko'rsatish

Toshkent sh.
Kuchga kirish sanasi: __.__.2026 y.
Amal qilish muddati (6 oy): __.__.2026 y.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Shartnoma "BARAKA EDU" NTM (bundan buyon matnda – "Bajaruvchi") tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga (bundan buyon matnda – "Buyurtmachi") yo'naltirilgan rasmiy ommaviy oferta hisoblanadi.

Mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 369-moddalariga muvofiq, Bajaruvchi tomonidan ta'lim xizmatlarini ko'rsatishning barcha muhim shartlarini o'z ichiga olgan taklif bo'lib, Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnoma shartlarining qabul qilinishi (aktseptlanishi) ikkala tomon o'rtasida yozma shakldagi shartnoma tuzilganligiga tenglashtiriladi.

Xizmatlarning to'liq ro'yxati, ularning mazmuni va narxlari Bajaruvchining rasmiy veb-saytidagi — https://barakaeducation.exode.biz/ yoki telegram kanal elektron manzilida joylashtirilgan va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

1.2. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-qismiga muvofiq, Bajaruvchining xizmatlari uchun taklif olgan shaxs tomonidan haq to'lashi aktsept hisoblanadi va shartnoma tuzishga tengdir.

1.3. Yuqorida aytilganlar bilan bog'liq holda, ushbu ommaviy oferta matnini diqqat bilan o'qing va xizmatlar ro'yxati hamda narxi bilan tanishing. Agar siz taklifning biron bir bandiga rozi bo'lmasangiz, Bajaruvchi sizga xizmatlardan foydalanishni rad etishni va to'lamaslikni taklif qiladi.

1.4. Ushbu ommaviy ofertani qabul qilgan (aktseptlagan) shaxs shu bilan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta tuzish uchun barcha vakolatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi va mustaqil ravishda to'liq javobgar bo'ladi.

1.5. Bajaruvchi xizmatlar narxlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqini saqlab qoladi. Narxlar o'zgarishi to'g'risida Buyurtmachiga kamida 7 (etti) kun olddin elektron pochta orqali xabar qilinadi. Yangi narxlar veb-saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi. Buyurtmachi Shartnoma shartlari va narxlar bilan muntazam tanishib borish majburiyatini oladi va narxlar o'zgarishi to'g'risidagi xabar etib kelmaganligi yoki Buyurtmachi u bilan tanishmaganligi uchun mas'uliyatni zimmasiga oladi.

1.6. Buyurtmachi tomonidan Bajaruvchining Oferta shartnomasini tuzish to'g'risidagi taklifini (ofertani qabul qilish) to'liq va so'zsiz qabul qilish vaqti veb-saytdagi "To'lash" tugmasini bosish orqali yoki Bajaruvchining ofisiga kelganda taklifni tasdiqlovchi kvitantsiyani imzolash orqali Bajaruvchining xizmatlari uchun haq to'lashga tayyorligini tasdiqlash hisoblanadi.

1.7. Ushbu Shartnomaning joriy versiyasi Bajaruvchining veb-saitida joylashgan.

1.8. Bajaruvchi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, xususan, "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hamda "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, masofaviy (onlayn) ta'lim xizmatlarini ko'rsatish huquqini beruvchi amal qiluvchi litsenziyaga ega. Bajaruvchi Shartnoma tuzilgan paytda litsenziyaning amal qilish muddati tugamaganligi va unda ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishlari ko'rsatilayotgan xizmatlarga mos kelishini kafolatlaydi.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Bajaruvchi o'quv xizmatlarini ko'rsatadi va Buyurtmachi ishlab chiqilgan o'quv dasturiga, o'quv rejasiga (keyingi o'rinlarda "Kurslar" deb yuritiladi) muvofiq ma'lum kurslarda o'qish uchun haq to'laydi.

2.2. Kurslarda o'qish muddati o'quv rejasiga muvofiq belgilanadi.

2.3. Ushbu Shartnoma Tomonlar tuzilgan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o'z majburiyatlarini to'liq bajarmaguncha amal qiladi.

2.4. Buyurtmachi o'quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagandan so'ng, unga yakuniy attestatsiya natijalariga ko'ra sertifikat beriladi. Sertifikat o'quv dasturini o'zlashtirganlikni tasdiqlovchi ichki hujjatdir. Agar kurs davlat akkreditatsiyasidan o'tgan bo'lsa, tegishli davlat organi tomonidan berilgan rasmiy hujjat ham taqdim etilishi mumkin. Sertifikat Buyurtmachi tomonidan o'quv dasturi talablari (darslarda ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish va yakuniy nazoratdan o'tish) bajarilgandan so'ng beriladi.

3. XIZMATLAR UCHUN TO'LOV

3.1. Buyurtmachi ushbu Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar uchun Bajaruvchining veb-saytida ko'rsatilgan narxlarni to'laydi. Buyurtmachi tomonidan to'lov amalga oshirilgandan so'ng, narxlar yakuniy hisoblanadi va ushbu Shartnomaning amal qilish muddati davomida o'zgartirilishi mumkin emas.

3.2. To'lov Buyurtmachi tomonidan Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida o'quv narxining 100% miqdorini oldindan to'lov orqali amalga oshiriladi.

3.3. To'lov qaytarilmaydi, binobarin xizmatlar elektron shaklda darhol taqdim etila boshlanadi va Bajaruvchi kurs boshlanishidan avval xarajatlarni (platformaga kirish, o'qituvchilar vaqti, materiallar tayyorlash, guruhlarni shakllantirish) amalga oshiradi. Quyidagi hollar mustasno:

— Agar Buyurtmachining boquvchisi kursga to'lov o'tkazilgan sanadan so'ng, lekin kurs tugagunga qadar vafot etgan bo'lsa yoki sud tomonidan vafot etgan deb tan olinsa;
— Agar Buyurtmachining o'zi vafot etgan bo'lsa. Bunda o'tkazilgan to'lov miqdori Buyurtmachining huquqiy vorislariga qaytarilishi mumkin;
— Bajaruvchi tomonidan o'z aybi bilan to'lov o'tkazilgan kundan 5 (besh) ish kuni ichida kurslarni o'tish uchun mo'ljallangan platformaga kirish taqdim etilmagan bo'lsa;
— Agar kurs boshlanmagan bo'lsa va Buyurtmachi hech qanday dars materialiga kirmagan bo'lsa, Buyurtmachi kurs boshlanishiga kamida 3 (uch) ish kuni qolganda yozma murojaat qilib, to'langan summaning 85% (ma'muriy xarajatlar uchun 15% ushlab qolingan holda) qaytarib olish huquqiga ega.

3.4. Xizmatlar uchun to'lov Buyurtmachiga Kurslarda o'qish uchun to'lovni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish orqali tasdiqlanadi.

3.5. Ushbu bo'limda ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lov tomonlarning kelishuvi bilan o'zgartirilishi mumkin va bu o'zgarish qo'shimcha shartnoma shaklida tuziladi.

3.6. Kurslar bo'yicxa xizmatlar ko'rsatishning tugashi ko'rsatilgan xizmatlar akti bilan rasmiylashtiriladi.

3.7. Agar Buyurtmachi Kurslar uchun to'lovni amalga oshirsa, ushbu to'lov Buyurtmachining depoziti deb hisoblanadi va u keyingi 6 (olti) oy ichida quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:

— Agar kurs boshlanmagan bo'lsa va Buyurtmachi hech qanday darsda qatnashmagan bo'lsa, depozitini uchinchi shaxsga o'tkazish;
— Bajaruvchi va kelishilgan holda kurslarda o'qishni boshqa muddatga qoldirish;
— Bajaruvchi uchun faol bo'lgan boshqa yo'nalish bo'yicha o'quv kursini o'tish.

Agar 6 (olti) oy ichida depozitdan foydalanilmagan bo'lsa, to'langan summaning 50% Buyurtmachiga qaytarilishi mumkin (Buyurtmachining yozma arizasiga asosan). Qolgan 50% Bajaruvchining mulkiga aylanadi. Boshqa hollarda to'lov qaytarilmaydi.

4. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Buyurtmachining huquq va majburiyatlari:

4.1. Buyurtmachi Bajaruvchidan Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni tashkil etish va to'g'ri bajarilishini ta'minlash to'g'risida ma'lumot berishni talb qilishga haqli.

4.2. Buyurtmachi Kurslardagi o'quv jarayoni bilan bog'liq masalalar bo'yicha Bajaruvchining xodimlari bilan bog'lanish huquqiga ega.

4.3. Buyurtmachi Bajaruvchining o'quv jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mulkidan jadvalda nazarda tutilgan darslar vaqtida foydalanish huquqiga ega.

4.4. Buyurtmachi Bajaruvchi tomonidan taqdim etilgan va o'quv dasturi rejasiga kiritilmagan qo'shimcha xizmatlardan alohida tuzilgan shartnoma asosida foydalanish huquqiga ega.

4.5. Buyurtmachi Shartnomada ko'rsatilgan xizmatlar uchun o'z vaqtida to'lovni amalga oshirishi shart.

4.6. Buyurtmachi Bajaruvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qoplashi shart.

4.7. Oferta qabul qilingandan keyin Buyurtmachi zimmasiga o'quv kurslarini to'liq o'tish majburiyatini oladi.

4.8. Agar Buyurtmachining o'qishga imkoniyati bo'lmasa, u Shartnomaning 3.7-bandida belgilangan huquqlarga ega.

4.9. Agar kurslar Buyurtmachi tomonidan Bajaruvchining Hamkorlari orqali bo'lib-bo'lib yoki kredit asosida sotib olingan bo'lsa, Buyurtmachi kurslarga qatnashishidan qat'iy nazar, ushbu Hamkorlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan qarzdorliklarini to'lov grafigiga muvofiq qaytarishga majbur.

Bajaruvchining huquq va majburiyatlari:

4.10. Bajaruvchi mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar yordamida o'quv jarayonini amalga oshirish, baholash tizimini, shakllarini, Kurslarda o'qitish tartibi va davriyligini tanlash huquqiga ega.

4.11. Bajaruvchi Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarning to'g'ri bajarilishini tashkil etishi va ta'minlashi shart.

4.12. Bajaruvchi Buyurtmachiga Kurs dasturini o'zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

4.13. Bajaruvchi o'quv xizmatlarini ko'rsatish uchun mo'ljallangan maxsus platformada o'quv xizmatlarini taqdim etadi. Agar o'quv rejasida ko'zda tutilmagan bo'lsa, Bajaruvchi qo'shimcha xizmatlarni taqdim etishga yoki boshqa dasturiy ta'minotga kirishni ta'minlab berishga majbur emas.

4.14. Bajaruvchi o'quv xizmatlarini masofaviy (onlayn) shaklda taqdim etadi. Buyurtmachi mustaqil ravishda internet tarmog'iga ulanish, texnik vositalar (kompyuter, telefon va boshqalar) va dasturiy ta'minot bilan ta'minlangan bo'lishi shart. Buyurtmachining texnik nosozliklari yoki internet bilan bog'liq muammolari sababli xizmatlardan foydalana olmasligi Bajaruvchining javobgarligiga kirmaydi va to'lovni qaytarish uchun asos hisoblanmaydi. Biroq, agar Bajaruvchining platformasida umumiy texnik nosozlik yuz bersa, Bajaruvchi buni imkon qadar tezda bartaraf etishga majburdir.

5. KURSLARNI O'TKAZISH

5.1. Buyurtmachi tomonidan to'lovni amalga oshirgandan so'ng, Bajaruvchi darslar jadvaliga muvofiq xizmatlarni taqdim etishga kirishadi.

5.2. Buyurtmachi har bir darsda ishtirok etishi kerak. Guruh darslarini qayta rejalashtirish mumkin emas. Bajaruvchi Buyurtmachilarni darsda 10 (o'n) daqiqa kutadi. Agar Buyurtmachi belgilangan vaqt ichida ulanmasa yoki darsga kelmasa, Bajaruvchi darsni Buyurtmachisiz boshlash huquqiga ega. Buyurtmachi bunday faoliyat uchun xizmatlar to'g'ri ko'rsatilgan deb hisoblanishiga rozi bo'ladi.

5.3. Buyurtmachi Bajaruvchi tomonidan berilgan uyga vazifalarini (agar mavjud bo'lsa) Bajaruvchi tomonidan belgilangan muddatda to'g'ri bajarish majburiyatini oladi.

5.4. Buyurtmachiga o'quv materiallariga kirish kurs davomida va/yoki Bajaruvchi tomonidan belgilangan muddat davomida taqdim etiladi. Belgilangan muddat tugagandan so'ng kirish cheklanadi.

5.5. Bajaruvchi dars boshlanishidan kamida 2 (ikki) soat oldin xabardor qilib, har qandday guruh darsini va/yoki yig'ilishni bekor qilishga haqli. Bekor qilingan taqdirda, Buyurtmachiga dars uchun boshqa qulay vaqt taklif etiladi.

5.6. Kurslar yakunida Buyurtmachiga belgilangan tartibda sertifikat beriladi. Sertifikat o'quv kursini muvaffaqiyatli tugatganlikni tasdiqlaydi.

6. SHARTNOMANI O'ZGARTIRISH VA TUGATISH ASOSLARI

6.1. Ushbu Shartnomani tuzish shartlari tomonlarning kelishuvi bilan yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o'zgartirilishi mumkin.

6.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning 3.3-bandida ko'rsatib o'tilgan hollarda Buyurtmachining murojaatidan so'ng, tomonlarning kelishuvi bilan bekor qilinishi mumkin.

6.3. Bajaruvchi ushbu Shartnoma shartlarini bir tomonlama o'zgartirishga haqli. O'zgartirishlar haqida Buyurtmachiga kamida 7 (etti) kalendar kun oldin elektron pochta orqali xabar beriladi. Agar Buyurtmachi o'zgartirishlarga rozi bo'lmasa, u xabar olgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Shartnomani bekor qilish to'g'risida Bajaruvchiga yozma xabar yuborishi shart. Bunday holda to'langan summa (agar kurs boshlanmagan bo'lsa) 3.3-bandga muvofiq qaytarilishi mumkin.

7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, ular O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

7.2. Har qanday nizolar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni muzokaralar yo'li bilan hal qilish uchun barcha choralarni ko'rishlari shart. Agar kelishuvga erishilmasa, nizolar:

— Buyurtmachi yuridik shaxs bo'lgan taqdirda – Toshkent shahar Iqtisodiy sudida;
— Buyurtmachi jismoniy shaxs bo'lgan taqdirda – Bajaruvchi ro'yxatdan o'tgan joydagi umumiy yurisdiksiy sudida ko'rib chiqiladi.
Ish yuritish tili – o'zbek yoki rus tili (tomonlar kelishuviga ko'ra).

7.3. Bajaruvchi Buyurtmachiga uning xizmatlaridan foydalanishni ta'minlaydigan umumiy aloqa kanallari yoki xizmatlar sifati uchun javobgar emas.

7.4. Bajaruvchi xizmatlarning sifatini (dasturga muvofiqligi, materiallarning to'liqligi, darslarning o'z vaqtida o'tilishi) ta'minlaydi, lekin Buyurtmachining sub'ektiv natijalari (imtihonlarda yuqori ball olmasligi, ishga joylasha olmasligi, suhbatlardan o'ta olmasligi) uchun javobgar emas.

7.5. Bajaruvchi Bajaruvchining kurslariga tashrif buyurish/sotib olish/o'tish natijasida Buyurtmachi tomonidan yetkazilgan har qanday yo'qotishlar uchun javobgar bo'lmaydi, agar bu yo'qotishlar Bajaruvchining qasddan yoki qo'pol sahvidan kelib chiqmagan bo'lsa.

7.6. Bajaruvchi shu bilan Buyurtmachiga har qanday imtihonlar, suhbatlar yoki ishga joylashishdan muvaffaqiyatli o'tishi uchun hech qanday kafolat bermaydi.

7.7. Bajaruvchi xizmatlar va/yoki kurslarning Buyurtmachining sub'ektiv bahosiga ko'ra kutganlariga mos kelmasligi uchun javobgar emas. Kutganiga mos kelmaslik bunday nomuvofiqlik va/yoki salbiy sub'ektiv baholash xizmatlar sifatli va/orli kelishilgan hajmda taqdim etilmagan deb hisoblash uchun asos emas.

8. INTELLEKTUAL MULK

8.1. Buyurtmachi shu bilan Buyurtmachi tomonidan xizmatlar ko'rsatish jarayonida olingan barcha ma'lumotlar (o'qitish usullari, tarqatma materiallar va boshqalar) Bajaruvchining intellektual mulki ekanligini tasdiqlaydi.

8.2. Buyurtmachi Bajaruvchining intellektual mulkini qayta ishlab chiqarmaslik, sotmaslik, litsenziyalash, tarqatmaslik yoki boshqa yo'l bilan uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi. Buyurtmachi Bajaruvchining oldindan yozma roziligisiz intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishga haqli emas.

8.3. Buyurtmachiga saytga kirishni va/yoki darslarni yozib olishni ta'minlash faqat xizmatlarni to'g'ri ko'rsatish maqsadida amalga oshiriladi va huquqlarni o'tkazishni nazarda tutmaydi. Shartlar buzilgan taqdirda kirish to'xtatiladi.

8.4. Buyurtmachi Bajaruvchiga o'zi joylashtirgan materiallardan 15 yil davomida butun dunyo bo'ylab to'lovsiz foydalanish huquqini beradi. Materiallarning mazmuni uchun Buyurtmachi javobgardir.

8.5. Buyurtmachi materiallardan o'z ismini ko'rsatmasdan foydalanishga, ularga o'zgartirishlar kiritishga va ularni ommaga oshkor qilishga rozilik beradi.

8.6. Bajaruvchi intellektual mulk huquqi buzilganligi uchun Buyurtmachidan 300 (uch yuz) bazaviy hisoblash miqdorida jarima undirishga haqli. Sud jarima miqdorini huquqbuzarlik og'irligiga qarab kamaytirishi mumkin.

8.7. Buyurtmachi o'quv materiallarini uchinchi shaxslarga berish, sotish yoki bepul tarqatish huquqiga ega emas. Bu buzilgan taqdirda kirish cheklanishi va zarar undirilishi mumkin.

9. SHARTNOMAGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITISH

9.1. Bajaruvchi Shartnomani 6.3-bandda ko'rsatilgan tartibda bir tomonlama o'zgartirishga haqli. Buyurtmachilar o'zgarishlarni mustaqil ravishda nazorat qilishlari shart.

9.2. Agar Buyurtmachi o'zgartirishlarga rozi bo'lmasa, u 6.3-bandda belgilangan muddatda shartnomani bekor qilish to'g'risida xabar yuborishi shart.

9.3. Xizmatlardan foydalanishni davom ettirish o'zgartirishlarga rozilikni anglatadi.

10. TOMONLAR O'RTASIDAGI MULOQOT

10.1. Muloqot elektron formatda (elektron pochta, shaxsiy kabinet yoki kuryer pochtasi orqali) amalga oshiriladi.

10.2. Barqaror xabarlar to'liq yuridik kuchga ega.

11. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

11.1. Bajaruvchi xizmatlar aktini elektron kanallar orqali yuborishga haqli. Buyurtmachi 5 kun ichida uni imzolashi yoki rad etishi shart. Aks holda xizmatlar qabul qilingan hisoblanadi.

11.2. Tomonlar fors-major holatlarida javobgarlikdan ozod qilinadi.

11.3. Bajaruvchi Buyurtmachi o'zini noto'g'ri tutgan, hurmatsizlik yoki tajovuzkorlik qilgan, darslarga halaqit bergan yoki tuhmat tarqatgan hollarda xizmat ko'rsatishni rad etishga haqli.

11.4. Shartnoma shartlari Tomonlarning vorislari uchun majburiydir.

12. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR

12.1. Buyurtmachi shaxsga doir ma'lumotlari qayta ishlanishiga, jumladan, ularni saqlash, tizimlashtirish, to'plash, o'zgartirish, foydalanish, tarqatish (shu jumladan transchegaraviy uzatish) va boshqa zarur harakatlar amalga oshirilishiga rozilik beradi.

12.2. Buyurtmachi mashg'ulotlar va suhbatlar yozib olinishiga (audio, video, matn ko'rinishida) rozi bo'ladi.

12.3. Buyurtmachi o'z manzillariga reklama va axborot xabarlari yuborilishiga rozilik beradi.

13. BAJARUVCHI VA ALOQA MA'LUMOTLARI HAQIDAGI TAFSILOTLAR

"BARAKA EDU" NTM
Yuridik manzili: g. Toshkent, Shayxontohur tumani, Yangishahar MFY, Ko'kcha Darvoza ko'chasi, 314
Hisob-kitob raqami: 20208000807458194001
Bank: "Ipak Yo'li" AIT Bankining Bosh ofisi
STIR: 313004983
MFO: 00444